Skip to Content

Kuchga kirish sanasi: 6/6/2023

Mastercard kompaniyasida biz bozorda yetakchilik qiluvchi sodiqlik dasturlarini (“Dasturlar”) taklif qilamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz, ular o‘zingizning Mastercard kartangiz orqali amalga oshirilgan xaridlar uchun ballar yoki mukofotlar ishlab olish va o‘sha ballar yoki mukofotlarni reklama aksiyalari, chegirmalar, lotereyalar, maxsus takliflar yoki boshqa afzal bilingan narsalarga almashtirish imkonini beradi. Ushbu eslatmani Mastercard’ning Global Maxfiylik eslatmasi bilan birga o‘qib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

1. USHBU ESLATMA KO‘LAMI

Ushbu maxfiylik eslatmasi (“Eslatma”) Mastercard International Incorporated va sho‘ba kompaniyalarining (birgalikda “Mastercard” yoki “biz”) dasturlarimiz bilan bog‘liq ravishda shaxsiy ma’lumotlarni qanday qayta ishlashini bayon qiladi. “Shaxsiy ma’lumotlar” identifikatsiya qilingan yoki identifikatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan shaxsga (“siz”) tegishli har qanday ma’lumotni anglatadi.

Mazkur eslatma Mastercard priceless.com veb-sayti kabi boshqa dasturlar kontekstida qayta ishlashini qamrab olmaydi. priceless.com saytidan foydalanganingizda, shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz haqida ma’lumotlar olish uchun Priceless maxfiylik eslatmasiga qarang. Ushbu eslatma, shuningdek, moliyaviy muassasalar (mas., Mastercard kartangizni chiqargan bank), savdogarlar va ular sodiqlik dasturlarini taklif qilganida biz ma’lumot nazoratchilari sifatida harakat qiluvchi boshqa hamkorlar nomidan yoki nazorati ostida harakat qiladigan holdagi qayta ishlashni qamrab olmaydi. Bunday holatlarda shaxsiy ma’lumotlaringizning qayta ishlanishi to‘g‘risida ma’lumot olish uchun ularning maxfiylik eslatmalariga murojaat qiling.

2. DASTURLAR UCHUN QANDAY SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHIMIZ HAQIDA AXBOROT

Dasturlar doirasida biz siz bilan bog‘liq quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashimiz mumkin:

  • Hisob ma’lumotlari va kontakt tafsilotlari, jumladan, to‘liq ism, elektron pochta manzili, siz dastur uchun ro‘yxatdan o‘tkazishni tanlaydigan to‘lov karta raqam(lar)i, amal qilish muddatining tugash sanasi, CVC2, tizimga kirish ma’lumotlari, ishlab olingan jami ballar yoki mukofotlar va ballar yoki mukofotlarni sotib olish tarixi. Dasturga qarab, manzilingiz, telefon raqamingiz, tug‘ilgan sanangiz, soliq identifikatori raqami va jinsingiz kabi qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishni tanlashingiz mumkin.
  • Dasturga kirgan karta(lar) bilan bog‘liq bo‘lgan tranzaksiya ma’lumotlari, jumladan, to‘lov(lar) sanasi/vaqti, shaxsiy hisob raqami, sotuvchining nomi, tijorat va tranzaksiya kodi, xarid valyutasi hamda miqdori va xaridlaringizning dasturlarda qatnashish huquqiga ega yoki yo‘qligini aniqlash uchun hosil qilingan tokenlashgan identifikator.
  • Sizning aniq takliflarga nisbatan afzal bilgan narsalaringiz yoki qiziqishlaringiz.
  • Geografik joylashuvingiz (agar yaqiningizdagi takliflarni ko‘rish uchun joylashuvingizni baham ko‘rish funksiyasini yoqishni tanlasangiz).
  • Ixtiyoriy so‘rovlarni to‘ldirishda taqdim etilgan ma’lumotlar.
  • Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz bilan bog‘liq ravishda taqdim etilgan ma’lumotlar, jumladan, xabaringiz sanasi, vaqti va kontenti.
  • Qurilmaga oid ma’lumotlar (masalan, qurilma identifikatori, qurilma modeli, brauzer turi, operatsion tizim, havola qilingan URL-manzil, IP-manzil, joylashuv ma’lumotlari) va veb-saytlarimizdagi dasturlarimiz bilan oʻzaro munosabatingiz haqidagi ma’lumotlar (masalan, amal qilish sanalari va vaqtlari). Veb-saytlarimizda taqdim etilgan rozilik vositalarida ta’riflanganidek, biz bunday ma’lumotlarni cookie-fayllar va shunga o‘xshash texnologiyalar (masalan, veb-mayoqlar va boshqa trekerlar) orqali to’playmiz.

Yuqoridagi toifalarga oid shaxsiy ma’lumotlarni turli manbalardan olamiz: moliyaviy institutlar, sodiqlik dasturi operatorlari va savdogarlar kabi uchinchi shaxslardan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizdan yoki cookie-fayllar va shunga o‘xshash texnologiyalar bilan o‘zaro aloqangizdan.

3. SHAXSIY MA’LUMOTLARINGIZNI QANDAY FOYDALANISHIMIZ HAQIDA AXBOROT

Biz shaxsiy ma’lumotlaringizdan quyida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishimiz mumkin. Siz joylashgan mamlakatga qarab, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan holatlarda – qayta ishlash uchun qonuniy asosga ega bo‘lganimizda qayta ishlaymiz. Biroq shuni yodda tutingki, ushbu jadvalda har bir qayta ishlash faoliyati uchun huquqiy asos sifatida rozilik roʻyxati keltirilmagan boʻlsa-da, ayrim mamlakatlarda rozilik shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash uchun yagona yoki eng mos huquqiy asos hisoblanadi va bu mamlakatlarda biz rozilikka tayanamiz.

    Qayta ishlash faoliyati

Qayta ishlash uchun huquqiy asos

Kartangiz turiga bog‘liq ravishda takliflarni olish huquqiga egalikni aniqlash hamda ball yoki mukofot berilishi mumkin bo‘lgan tranzaksiyalarni tanib olish uchun.

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirgansiz yoki ko‘rsatma bergansiz
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon dasturlar va ularning imtiyozlarini aniqlash hamda ularni sizga taqdim etish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.

Dastur akkaunt(lar)ingizni yaratish va boshqarish, xizmatlarimizni taqdim etish, siz bilan dasturlar haqida yozishmalar qilish va so‘rovlaringizga javob berish.

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirgansiz yoki ko‘rsatma bergansiz
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Qayta ishlash qonuniy yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon akkauntlar yaratish va boshqarish, xizmatlarimizni taqdim etish hamda so‘rovlaringizga javob berish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.

Dasturda yoki u orqali qilingan xaridlarni qayta ishlash va amalga oshirish.

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirgansiz yoki ko‘rsatma bergansiz
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Qayta ishlash qonuniy yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur.

Firibgarlik va (kiber) tahdidlar, ruxsatsiz tranzaksiyalar, dasturlarni suiiste’mol qilish, daʼvolar va boshqa majburiyatlardan himoya qilish va oldini olish.

  • Qayta ishlash qonuniy yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon firibgarlikdan himoya qilish, dasturlarimizni, tarmogʻimizni va biz amalga oshiradigan toʻlov operatsiyalarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.

Sizga dasturlar (jumladan, tanlovlar, lotereyalar va boshqa marketing faoliyatlari) haqida push-bildirishnomalar va marketing xabarlarini yuborish.

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirgansiz yoki ko‘rsatma bergansiz
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon marketing mahsulotlari va xizmatlar maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.

Dastur bilan bog‘liq ravishda sizga tegishli takliflar, shaxsiy ehtiyojlarga moslashtirilgan kontent va shaxsiy ehtiyojlarga moslashtirilgan tavsiyalarni taklif etish uchun siz afzal ko‘radigan narsalar, xarajat tuzilmalaringiz, qiziqishlaringiz, dasturlardan foydalanishingiz va ular bilan o‘zaro aloqalaringizni tahlil qilish (mas., biz sizga geografik diapazoningizda bo‘lgan yoki xaridlar tarixingizga asoslangan takliflarni taqdim etishimiz mumkin.)

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirgansiz yoki ko‘rsatma bergansiz
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon sizga moslashtirilgan kontent va tavsiyalar berish maqsadlarida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.

Mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni ishlatish, baholash va yaxshilash, jumladan, takliflarimiz va kampaniyalarimizning samaradorligini baholash hamda ularning ishlashini ta’minlash uchun dasturlarimiz veb-saytlari, mobil ilovalari va boshqa har qanday raqamli resurslarini tahlil qilish.

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirgansiz yoki ko‘rsatma bergansiz
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon mashulotlarimiz yoxud xizmatlarimizni ishlatish, baholash va yaxshilash hamda dasturga mijozlarning jalb qilinishini ilgari surish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.

Shaxsiy ma’lumotlarni anonimlashtirish va ichki tahlil qilish uchun umumlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash hamda moliyaviy muassasalarimiz, savdogarlar va boshqa mijozlar hamda hamkorlarga xarajatlar namunalari, firibgarliklar va boshqa asosiy masalalar bo‘yicha maslahat berish.

  • Biz yoki uchinchi tomon anonimlashtirish va jamlangan ma’lumotlar hisobotlarini tayyorlash va taqdim etish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz
  • Qayta ishlash statistik va/yoki tadqiqot maqsadlarida (ushbu qonuniy asos mavjud yurisdiksiyalarda) amalga oshiriladi.

Tegishli foydalanish shartlarini qo‘llash va zarur hollarda qonuniy huquqlarni o‘rnatish, amalga oshirish va himoya qilish.

  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Qayta ishlash qonuniy yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon dasturning foydalanish shartlarini qo‘llash va qonuniy huquqlarni o‘rnatish, amalga oshirish hamda himoya qilish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.

Tegishli qonunlarga amal qilish yoki har qanday sud jarayoni, Mastercard ustidan yurisdiksiyaga ega bo‘lgan yoki yurisdiksiyaga egalikni da’vo qiluvchi huquqni muhofaza qiluvchi yoki davlat organi talab qilganidek.

  • Qayta ishlash qonuniy yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon sud jarayoniga, huquqni muhofaza qilish organlariga yoki davlat idoralariga javob berish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.

Soha standartlari va tartib-qoidalarimizga amal qilish.

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirgansiz yoki ko‘rsatma bergansiz
  • Qayta ishlash qonuniy yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon soha standartlari va tartib-qoidalarimizga muvofiq ish yuritish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.

4. SHAXSIY MA’LUMOTLARINGIZNI QANDAY QILIB BAHAM KO‘RISHIMIZ HAQIDA AXBOROT

Shaxsiy ma’lumotlaringizni quyidagilar bilan ham baham ko‘rishimiz mumkin:

  • Mastercard’ning AQShdagi bosh qarorgohi, filiallarimiz va Mastercard kompaniyalar guruhidagi boshqa tashkilotlar bilan.
  • Marketing agentliklari hamda nomimizdan va ushbu eslatmada bayon qilingan maqsadlar bilan bog‘liq ravishda xizmat ko‘rsatuvchi boshqa xizmat provayderlari bilan. Biz ularga qat’iy shartnomaviy ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsizlik majburiyatlarini yuklaymiz.
  • Moliya tashkilot(lar)i (mas., dasturga kirgan karta(lar)ni chiqargan banklar) yoki savdogarlar bilan – dastur bilan bog‘liq tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan darajada.
  • Siz qo‘shilishni tanlagan dasturni ishlatuvchi yoki qo‘llab-quvvatlovchi uchinchi tomonlar bilan.
  • Dastur orqali qilingan xaridlar yoki uzatmalarni qayta ishlash uchun sotib olish bo‘yicha hamkorlar bilan.
  • Biz oshkor qilish shaxslarning hayotiy zarur manfaatlarini himoya qilish, Mastercard kompaniyasini zarar yoki moliyaviy yo‘qotishlardan, yoki gumon qilingan, yoxud joriy firibgarlik yoki noqonuniy faoliyatni surishtiruv bilan bog‘liq ravishda himoya qilish uchun zarur deb hisoblaganimizda.
  • Amaldagi qonun yoki huquqiy jarayonda talab qilinganidek yoki huquqni muhofaza qilish organlari yoki davlat idoralarining so‘rovlariga javob berish uchun. Bunday so‘rovlarni qabul qilishda biz Majburiy korporativ qoidalarimizda belgilangan jarayonga amal qilamiz.
  • Biz biznesimiz yoki aktivlarimizni to‘liq yoxud qisman sotadigan yoki o‘tkazadigan hollarda. Bunday hollarda, biz oluvchini siz bizga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlardan ushbu eslatmaga mos keladigan tarzda foydalanishga yo‘naltirish uchun oqilona harakat qilamiz.

5. HUQUQLARINGIZ VA TANLOVLARINGIZ, BIZ BILAN QANDAY BOG‘LANISH VA AMALIYOTLARIMIZ HAQIDA QO‘SHIMCHA AXBOROTLAR

Siz haqingizda biz saqlaydigan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan muayyan huquq va tanlovlarga egasiz. Huquqlaringiz, biz bilan bog‘lanish haqida batafsil ma’lumot olish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday baham ko‘rishimiz, uzatishimiz, saqlab turishimiz yoxud himoya qilishimiz haqida ko‘proq bilib olish uchun Global maxfiylik eslatmamizni o‘qib chiqing. Siz yoki nomingizdan faoliyat yuritish vakolatiga ega bo‘lgan tomon bizga quyidagi manzilga elektron xat yuborish orqali Global maxfiylik eslatmasida batafsil bayon qilingan huquqlaringizdan foydalanishi mumkin: privacyanddataprotection@mastercard.com.

Ushbu Eslatma Global Maxfiylik eslatmamiz qamrab olgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning ma’lum jihatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi. Mastercard kartangiz va xaridlaringiz haqidagi so‘rovlar uchun moliya muassasangiz yoki savdogarga murojaat qiling. Ularga qanday qilib murojaat qilish haqidagi batafsil ma’lumotni ularning veb-saytlaridan topish mumkin.