Skip to Content

Kuchga kirish sanasi: 30/11/2022

XAVFSIZLIK – MASTERCARD HIKOYASINING DIQQAT MARKAZIDA

Maqsadimiz – Mastercard’ga ulangan barcha kishilarni doimiy himoya qilish. Vazifamiz aniq. Biz har kuni, hamma joyda toʻlovlar va raqamli aloqalarni xavfsiz, sodda va aqlli qilish uchun texnologiyamiz va tajribamizdan foydalanamiz. Siz iste’molchi, savdogar, emitent, biznes yoki davlat sektori tashkiloti bo‘lishingizdan qat’i nazar, bexatarligingiz hamda xavfsizligingiz eng ustuvor vazifamiz va biz qilayotgan har bir ishda muhim ahamiyatga ega ekanini bilib, xotirjam bo‘lishingiz mumkin.

To‘lov texnologiyalari hech qachon bunchalik xavfsiz, ammo jinoyatchilar hech qachon bunchalik aqlli bo‘lmagan hamda ular raqamli to‘lovlar va misli ko‘rilmagan tezlikda sodir bo‘layotgan boshqa raqamli o‘zaro ta’sirlar yordamida raqamli dunyoni o‘zgartirish orqali yanada ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ldi. Texnologiya rivojlanib borar ekan, Mastercard jinoyatchilardan bir qadam oldinda yurish va sizni xavfsiz saqlash uchun innovatsiyalar va xavfsizlik sohasida yetakchi bo‘lib qolmoqda. Ko‘proq qurilmalar elektron tijorat qurilmalariga aylangani sayin, ustuvor vazifamiz barcha innovatorlarni boshidanoq bexatarlik va xavfsizlikni yaratishga undash orqali ular xavfsizligini ta’minlashdir, shuning uchun biz potensial xavflar muammosini yaxshiroq hal qilishimiz mumkin.

BIR NECHA QATLAMLI TEXNOLOGIYALAR TO‘LOV TRANZAKSIYALARI VA RAQAMLI O‘ZARO ALOQALARNI HIMOYA QILADI

Firibgarlikka qarshi kurashish uchun “kumush o‘q” yo‘q, shu sababli biz har bir tranzaksiyani himoya qilish va to‘lovlardan tashqari mijozlarni raqamli o‘zaro aloqalar orqali himoya qilish uchun bir necha xavfsizlik qatlamidan foydalanamiz. Texnologiyalarimiz, jarayonlarimiz va tajribamiz tahdidlarning oldini olish, aniqlash va hal qilish imkonini beradi, shuningdek, toʻlov qurilmalari va raqamli oʻzaro aloqalar bilan bogʻliq tajribani oshiradi.

Biz to‘lov tizimi va mijozlarimiz biznesini himoya qilish uchun to‘rtta qatlamni joriy qildik va ular asosida ishlaymiz:

  • Oldini olish: Qurilmalar, ma’lumotlar va tarmoqlarni sanoat bo‘ylab muvofiqlashtirilgan tarzda himoya qilish firibgarlik xavfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.
  • Tanib olish: Raqamli ulanishning o‘zgaruvchan dunyosi shaxslarni xavfsiz aniqlash bo‘yicha yangi majburiyatlarni keltirib chiqargani sababli, biz ishonchni oshirishga harakat qilamiz. Identifikatsiyaga oid yechimlarimiz bizga deyarli qiyinchiliksiz autentifikatsiya tajribasini taqdim etishga yordam beradi. Biz mijozlarimiz nomidan real vaqtda uzluksiz identifikatsiyani tekshirishni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz iste’molchilar va mijozlar foydalanishi mumkin bo‘lgan noyob shaxsiy raqamli identifikatsiya xizmatlarini taklif etamiz.
  • Aniqlash: Biz butun dunyo bo‘ylab tranzaksiyalarni kuzatish va tranzaksiya firibgarligi, moliyaviy jinoyatlar, kriptovalyuta jinoyati hamda kiber tahdidlarni aniqlash uchun tarmog‘imiz va texnologiyalarimiz kuchidan foydalanamiz. Moliyaviy institutlar, savdogarlar va boshqa korxonalar uchun taqdim etilayotgan keng qamrovli vositalar to‘plamimiz ularning mijozlar bazasiga moslashtirilishi mumkin hamda sun’iy intellekt vositalaridan tortib, firibgarlik ssenariylarini modellashtirish va bashorat qilish, real vaqt rejimida firibgarlik hisobi, kriptovalyuta tahlili hamda blokcheyn yechimlari va kiberxavfsizlik holati tahlili kabi barcha narsalarni o‘z ichiga oladi.
  • Tajriba: Biz taklif qilayotgan xizmatlarning barchasi eng yaxshi iste’molchi tajribasini taklif qilish, jumladan, global $0 javobgarligini himoya qilishga qaratilgan. Biz qulay to‘lov sharoitini yaratmoqdamiz va mijozlarimizga raqamli iste’molchi takliflarini farqlashda yordam beramiz hamda iste’molchi sotuvchiga kartani almashtirish haqida xabar bermagan hollarda to‘lovni rad etishning oldini olamiz. Karta egasining hayot siklini boshqarish ham biz taklif qilayotgan muhim komponent bo‘lib, u yangi karta chiqarilganda, fayldagi kartalarni avtomatik ravishda almashtirishni osonlashtiradi.

BIZ SHAXSIY MA’LUMOTLARINGIZNI FIRIBGARLIKLARNING OLDINI OLISH VA MONITORING QILISH HAMDA MIJOZLARIMIZ UCHUN KIBERXAVFSIZLIK YECHIMLARINI TAQDIM ETISH MAQSADIDA QAYTA ISHLAYMIZ

Firibgarlikka qarshi kurash va xavfsizlikni ta’minlashga oid ko‘plab amallarimiz uchun biz moliya institutlari hamda savdogarlar nomidan va ular ko‘rsatmalariga ko‘ra ma’lumotlarni qayta ishlovchi sifatida faoliyat yuritamiz. Mastercard International Incorporated va uning filiallari (birgalikda "Mastercard") sizni firibgarlikdan himoya qilish uchun ma’lumotlar boshqaruvchisi sifatida har xil turdagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Agar siz YeIH, Buyurk Britaniya yoki Shveysariyada joylashgan bo‘lsangiz, Mastercard Europe SA Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash uchun mas’ul bo‘lgan yuridik shaxsdir. “Shaxsiy ma’lumotlar” identifikatsiya qilingan yoki identifikatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan shaxsga tegishli har qanday ma’lumotni anglatadi. Bu quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • Tranzaksiya ma’lumotlari, firibgarlik va autentifikatsiya xavfi ballari, tranzaksiya xavfi omillari, joylashuv ma’lumotlari, savdogar tafsilotlari, sotib olingan narsalar, bahsli tranzaksiyalar va tasdiqlangan firibgarlik faoliyati haqidagi ma’lumotlar.
  • Blokcheyndan to‘plangan muayyan ma’lumotlar, jumladan, blokcheyn manzili, kriptovalyuta tranzaksiyalarining boshqa tafsilotlari va IP-manzil.
  • Reklamalarimiz, mobil ilovalarimiz bilan oʻzaro aloqada boʻlganingizda yoki veb-saytlarimizga, sahifalarimizga yoxud boshqa raqamli aktivlarga kirganingizda, cookie-fayllar va veb-mayoqlar kabi avtomatik vositalar orqali toʻplangan siz haqingizdagi muayyan maʼlumotlar, jumladan, IP-manzil, brauzer turi, operatsion tizim, mobil qurilmaning noyob identifikatori, geografik hudud, havola qiluvchi URL-manzillar va amalga oshirilgan harakatlar yoki raqamli aktivlarimiz bilan oʻzaro aloqalar haqidagi maʼlumotlar.
  • Ayrim onlayn mahsulot va xizmatlarimiz, shuningdek, yuz identifikatori, barmoq izlari, tugmalarni bosish vaqti, barmoq bilan ekranni surish holati va sichqonchaning joylashuvi kabi qurilmangiz o‘zaro ta’siriga asoslangan xatti-harakatlar ma’lumotlaridan foydalangan holda ilg‘or firibgarlikning oldini olish texnologiyasini o‘z ichiga oladi.
  • Axborot texnologiyalari profili va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda kriptovalyuta kompaniyalarining aktivlari, jumladan, domenlar, joylashuv maʼlumotlari va cookie-fayllar, ommaviy veb-sahifalardagi aloqa maʼlumotlari yoki domenni roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari, reputatsiyalar roʻyxatlaridagi turar-joy IP-manzillari, sanksiyalar roʻyxati va kiberxavfsizlik tahdidlari haqida chop qilingan intellektual faoliyatning e’lon qilingan natijalari muallifligi.
  • Ism, manzil, milliy identifikatsiya raqami, mobil telefon raqami, yoshi va millati kabi shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar.
  • Yakka tartibdagi tadbirkor, asosiy egalar bo‘lgan savdogarlar va kriptovalyuta kompaniyalarining firibgarlik hamda xavf haqidagi maʼlumotlari, bular kompaniya boshqaruv xodimlarining ismi va aloqa maʼlumotlarini hamda firibgarlik sabablari kodini oʻz ichiga olishi mumkin.

Biz yuqorida qayd etilgan toifadagi shaxsiy ma’lumotlarni turli manbalardan olamiz: moliyaviy institutlar va savdogarlardan, xizmat ko‘rsatuvchi provayderlaringizdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizdan, quyida batafsil tavsiflangan uchinchi shaxslardan yoki raqamli aktivlarimiz bilan o‘zaro aloqangizdan.

SHAXSIY MA’LUMOTLARINGIZDAN QANDAY FOYDALANISHIMIZ MUMKINLIGI HAQIDA AXBOROT

Biz shaxsiy ma’lumotlaringizdan quyida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishimiz mumkin. Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni faqat siz joylashgan mamlakatga qarab amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta ishlash uchun qonuniy asosga ega boʻlganimizda quyidagi maqsadlarda qayta ishlaymiz. Biroq shuni yodda tutingki, quyidagi jadvalda har bir qayta ishlash faoliyati uchun huquqiy asos sifatida rozilik sanab o‘tilmagan bo‘lishi mumkin boʻlsa-da, ayrim mamlakatlarda rozilik shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash uchun yagona yoki eng mos huquqiy asos hisoblanadi va bu mamlakatlarda biz barcha qayta ishlash faoliyatlariga rozilikka tayanamiz. Ba’zi hollarda bu rozilikni moliyaviy institutingiz, savdogaringiz, xizmat ko‘rsatuvchi provayderingiz yoki boshqa hamkoringiz bizning nomimizdan olishi mumkin.

Quyidagi jadvalda biz ma’lumotlar boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadigan qayta ishlash faoliyati tavsiflangan. Agar biz moliyaviy institutlar, savdogarlar yoki maʼlumotlar nazoratchisi sifatida faoliyat yurituvchi boshqa hamkorlar nomidan maʼlumotlarni qayta ishlovchi sifatida ishlayotgan boʻlsak, moliyaviy institutlar, savdogarlar yoki boshqa hamkorlar maʼlumotlarni qayta ishlash uchun qonuniy asosni taʼminlashga javobgardir. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ularning tegishli maxfiylik tartib-qoidalariga qarang.

    Qayta ishlash faoliyati

Qayta ishlash uchun huquqiy asoslar (tegishli qonunlarga ko‘ra talab qilinadigan hollarda)

  • Sizni va boshqalarni firibgarlikdan, kiber hodisalardan himoya qilish va operatsiyalaringiz kiberbardoshliligini mustahkamlash, tavakkalchilik va franshiza sifatini boshqarish.
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirgansiz
  • Qayta ishlash qonuniy majburiyat yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon firibgarliklarning oldini olish va ulardan himoya qilish, tarmogʻimizni va biz amalga oshiradigan toʻlov operatsiyalarini xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.
  • To‘lov tarmog‘imizdagi firibgarlik, ruxsatsiz tranzaksiyalar, da’volar va boshqa majburiyatlarni kuzatib borish hamda oldini olish, shuningdek, kriptovalyuta bilan bog‘liq blokcheyndagi firibgarlikni kuzatib borish va oldini olish.
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirgansiz
  • Qayta ishlash qonuniy yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur yoki
  • Biz yoki uchinchi tomon firibgarlikni nazorat qilish va oldini olish maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.
  • Sizni tanib olish va shaxsingizni tasdiqlash.
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirgansiz
  • Qayta ishlash qonuniy yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur
  • Qayta ishlash siz tuzuvchi tomoni bo‘lgan shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon sizni autentifikatsiya qilish va shaxsingizni tasdiqlash maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.
  • To‘lov tarmoqlarimizning yaxlitligi va xavfsizligini ta’minlash.
  • Qayta ishlash qonuniy yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon toʻlov tarmoqlarimizning yaxlitligi va xavfsizligini taʼminlash uchun shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.
  • Yuridik majburiyatlarga, jumladan, jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi amaldagi qonunchilikka rioya qilish.
  • Qayta ishlash qonuniy yoki boshqa tartibga soluvchi majburiyatlarga rioya qilish uchun zarur
  • Biz yoki uchinchi tomon qonuniy majburiyatlarga rioya qilish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.
  • Firibgarliklarni aniqlash, ularning oldini olish, monitoring qilish va kiber barqarorlik operatsiyalari hamda mahsulotlarini baholash va yaxshilashga qaratilgan ichki tadqiqotlar va ishlanmalarni olib borish.
  • Biz yoki uchinchi tomon firibgarliklarning oldini olish va ulardan himoya qilish, tarmogʻimizni hamda biz amalga oshiradigan toʻlov operatsiyalarini xavfsizligini taʼminlash maqsadida ichki tadqiqotlar va ishlab chiqishni amalga oshirish maqsadida shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.
  • Moliyaviy institutlar, savdogarlar, mijozlar va hamkorlarga keng qamrovli firibgarlikning oldini olish, AML hamda xavfsizlik funksiyalarini taklif qilish uchun o‘tmishdagi va kelajakdagi firibgarlik yoki pul yuvish usullarini aniqlash uchun qoidalarga asoslangan yoki sun’iy intellekt modellarini yaratish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizning ayrimlarini to‘plash. Biz firibgarlar yoki noqonuniy tranzaksiyalarni tahlil qilish va aniqlash uchun mashina yordamida o‘rganishdan foydalanamiz. Ushbu modellardan foydalanish moliyaviy institutingiz, savdogar yoki xizmat koʻrsatuvchi provayderingizni shaxsingizni tasdiqlash yoki toʻlovga ruxsat bermaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilishga olib kelishi mumkin.
  • Biz yoki uchinchi tomon shaxsiy maʼlumotlarni jamlash hamda firibgarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va mijozlarimizni hamda toʻlov ekotizimini ulardan himoya qilish modellarini yaratish maqsadida shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz.

SHAXSIY MA’LUMOTLARINGIZNI QANDAY QILIB BAHAM KO‘RISHIMIZ HAQIDA AXBOROT

Biz ma’lumotlaringizni uchinchi tomonlar, jumladan, moliya institutlari, shaxsni tasdiqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlar, firibgarliklar haqidagi ma‘lumotlar provayderlari, davlat tashkilotlari, kommunal xizmatlar, arxiv hujjatlari, kredit byurolari, mulk fayllari, telekommunikatsiya operatorlari, kuzatuv roʻyxatlari, geovizualizatsiya xizmatlari provayderlari bilan baham koʻrishimiz mumkin. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizdan faqat yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarda shunday uchinchi shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarimiz orqali qat’iy ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsizlik majburiyatlariga amal qilingan holda foydalanilishini kafolatlaymiz.

HUQUQLARINGIZ, BIZ BILAN QANDAY BOG‘LANISH VA AMALIYOTLARIMIZ HAQIDA QO‘SHIMCHA AXBOROTLAR

Siz haqingizda biz saqlaydigan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan muayyan huquqlar va tanlovlarga egasiz. Huquqlaringiz, biz bilan bog‘lanish haqida batafsil ma’lumot olish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday baham ko‘rishimiz, uzatishimiz, saqlab turishimiz yoxud himoya qilishimiz haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Global Maxfiylik eslatmamizni o‘qib chiqing. Siz yoki nomingizdan faoliyat yuritish vakolatiga ega bo‘lgan tomon bizga quyidagi manzilga elektron xat yuborish orqali Global Maxfiylik eslatmasida batafsil bayon qilingan huquqlaringizdan foydalanishi mumkin: privacyanddataprotection@mastercard.com.

Ushbu Firibgarlik va xavfsizlik haqida eslatma Global Maxfiylik eslatmamiz qamrab olgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning ma’lum jihatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi. Yuqorida aytib o‘tilgan xavfsizlik va firibgarliklarning oldini olish hamda nazorat qilish yechimlarining ba’zilarida o‘ziga xos maxfiylik eslatmalari bo‘lishi mumkin. Batafsil ma’lumot olish uchun ularga murojaat qiling. Mastercard kartangiz va xaridlaringiz haqidagi so‘rov berish uchun moliya muassasangiz yoki savdogarga murojaat qiling. Ularga qanday qilib murojaat qilish haqidagi batafsil ma’lumotni veb-saytlaridan topish mumkin.