Mastercard International Incorporated kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – Mastercard yoki Biz) axborot, o‘quv va ko‘ngil ochish maqsadlarida shaxsiy foydalanishingiz uchun sizga www.mastercard.uz sayti (keyingi o‘rinlarda – Sayt)ni taqdim etadi. Siz Saytni ko‘rib chiqishingiz va boshqa tarzda undan foydalanishingiz mumkin. Saytga kirib va undan foydalanib, siz ushbu Shartlarni qabul qilasiz va cheklovlarsiz yoki istisnolarsiz rozi bo‘lasiz. Agar ushbu Shartlarga rozi bo‘lmasangiz, Saytdan foydalanmang.
Biz sizga Saytdan quyida keltirilganidek istalgan Kontentni ko‘rish, chop etish yoki yuklab olish, u bilan quyidagi keltirilganidek o‘rtoqlashish yuzasidan cheklangan, mutlaq bo‘lmagan va qaytarib olinadigan litsenziya taqdim etamiz. Sizga hech qanday Kontentni litsenziyalash, qayta nashr etish, tarqatish, nusxa ko‘chirish, birovning foydasiga voz kechish, sublitsenziyalash, taqdim qilish, sotish, ishlab chiqarish ishlari yoki shaxsiy maqsadlarda boshqacha foydalanish huquqi berilmaydi. Hech qaysi Kontentning hech bir qismi, o‘zingizning shaxsiy foydalanishingizdan tashqari, biror-bir shaklda ijro etilishi yoki biror elektron yoki mexanik axborot-izlash tizimiga qo‘shilishi mumkin emas. Siz Sayt yoki Sayt asosida yotuvchi biror-bir server yoki tarmoq faoliyatiga ziyon yetkazishi yoki buzishi mumkin bo‘lgan hech qanday usulda Saytga kirishingiz yoki undan foydalanishingiz yoki Saytdan uchinchi shaxslar foydalanishiga to‘sqinlik qilishingiz mumkin emas.
Shuningdek, havola Mastercard yoki uning mahsulotlari yoxud uning xizmatlarini yolg‘on, adashishga olib keluvchi, tahqiromuz ko‘rinishda yoki istalgan boshqa tahqirlovchi ohangda yoki Mastercard Sizning saytingiz, sahifangiz yoki faoliyatingizning homiysi yoki hamkori ekaniga ishora qiluvchi xabar chop etish uchun ishlatilmasligi sharti bilan, Siz Saytga yoki uning istalgan qismiga giperhavola yaratish bo‘yicha cheklangan, qaytarib olinadigan va mutlaq bo‘lmagan huquqqa egasiz.
Siz Saytga kirish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar (masalan, robotlar, o‘rgimchaklar va sh.k.)dan foydalana olmaysiz. Siz Saytning boshqa foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlarini ushbu axborotni sotish yoki boshqa shaklda ishlatish uchun to‘plamaslikka rozilik bildirasiz.
Bu yerda yaqqol taqdim etilgan cheklangan huquqdan tashqari, Saytdagi barcha huquqlar, nomlar va tasvirlar va Saytdagi barcha narsa himoyalangan hamda Mastercardga tegishlidir.
MASTERCARD SABABINI TUSHUNTIRMAY, O‘Z IXTIYORIGA KO‘RA, HAR QANDAY SABAB ASOSIDA, JUMLADAN FOYDALANISH QOIDALARINING ISTALGANINI BUZGANLIK, XUSUSAN USHBU SAYTDAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN HAR QANDAY HUQUQNI BUZGANLIK UCHUN USHBU SAYTDAN FOYDALANISHNI RAD ETISH HUQUQIGA EGA. Yuqoriga
Mastercard Kontentni, Saytda yoki u bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladigan materiallar yoki axborotni, jumladan ushbu Shartlarni istalgan paytda, oldindan ogohlantirmagan holda o‘zgartirish yoki modifikatsiyalash huquqiga ega. Mastercard, istalgan paytda ushbu materialni yangilab, ushbu Shartlarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Ushbu Shartlarni vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirib chiqish uchun tegishli sahifalarga kirib turishingiz lozim.
Sayt ichidagilar intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik bilan himoyalangan va butun Kontent Mastercardga tegishli yoki Mastercard tomonidan litsenziya yoki huquq egasining ruxsati bilan ishlatiladi. Saytdagi butun matn, uni formatlash (jumladan, boshqalardan tashqari, Saytga materiallarni tanlash, kelishish va joylash, shuningdek tasvir, grafika, animatsiya, vositalar, vijetlar, ilovalar, reklama roliklari, videoroliklar, musiqa, ovozlar, maqolalar, nusxalar, kreativ materiallar, fotosuratlar, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va logotiplar, shuningdek boshqa materiallari va axborot (yuqorida va bundan keyingi o‘rinlarda birgalikda – Kontent)) Mastercard, uning shu'basi va unga bog‘liq kompaniyalar, shuningdek ularning tegishli litsenziarlari va litsenziatlari intellektual mulk huquqlari bilan himoyalangan. Saytdagi funksiyalar AQShdagi 6,091,956 patentiga muvofiq himoyalangan yoki litsenziyalangan bo‘lishi mumkin. Bu materiallardan nusxa olish, qayta loyihalashtirish, dizassemblatsiyalash, modifikatsiyalash, boshqa veb-saytlarga joylashtirish, yaratish, chuqur bog‘lash, o‘zgartirish yoki boshqa tarzda tarqatish, qayta taqsimlash, litsenziyalash, sublitsenziyalash yoki siz tomoningizdan istalgan shaklda taqdim etilishi mumkin emas. Saytdagi hech narsa, Mastercardning oldindan yozma ruxsatisiz, bilvosita yoki boshqa shaklda Mastercardning istalgan tovar belgisini, tijorat maqsadlarida ishlatishga litsenziya yoki huquqning, intellektual mulk huquqining yoki mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarning taqdim etilishi deb talqin qilinishi mumkin emas.
Mastercard saytida aks etuvchi, ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan tovar belgilari, logotiplar, firma nomlari va xizmat ko‘rsatish belgilari (keyingi o‘rinlarda birgalikda – Tovar belgilari) Mastercard va uning alyans doirasidagi chet hamkorlarining tovar belgilari sanaladi. Saytdagi hech narsa, Mastercardning yoki Tovar belgisi sohibi bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchinchi tomonning yozma ruxsatisiz, bilvosita yoki boshqa shaklda, Saytda aks etadigan Har qanday Tovar belgisidan foydalanishga litsenziya yoki huquqning taqdim etilishi deb talqin qilinishi mumkin emas. Mastercard AQSh Savdo markalari.
Ushbu materiallardan har qanday ruxsat berilmagan foydalanish Mastercard intellektual mulk huquqini buzadi va Mastercard tomonidan to‘liq yuridik huquqlar va himoya vositalari qo‘llanilishi predemeti bo‘ladi.
Mastercard sayt bilan ishlashda xizmatlar yetkazib beruvchi sifatida (DMCA ta'rifiga ko‘ra) ish ko‘rishi va materiallar va chet veb-saytlarga havolalar onlayn-provayderi sifatida xizmatlar taklif qilishi mumkin. Natijada Mastercard tasarruf etmaydigan yoki nazorat qilmaydigan uchinchi shaxslar materiallari Saytdan foydalanish orqali taqdim etilishi, saqlanishi yoki boshqa shaklda foydalanishga ochiq bo‘lishi mumkin.
Mastercard Saytdagi mualliflik huquqlarining buzilishiga nisbatan muayyan yuridik majburiy taomillariga ega va Mastercard yoki uchinchi shaxsning mualliflik huquqlarini yoxud intellektual mulk to‘g‘risidagi biror-bir qonunni yoki qoidani, shuningdek ushbu Shartlarni buzadigan har qanday narsani darhol olib tashlash yoki istalgan foydalanuvchining faoliyatini to‘xtatishni ko‘zda tutadigan siyosatni qabul qilgan.
Agar siz Saytga qo‘yilgan biror material mualliflik huquqlarini buzadi, deb hisoblasangiz, DMCA (17 U.S.C. 512 (c) bo‘lim (2))ga muvofiq, taxmin qilinayotgan huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berish taomilidan foydalanib, Mastercardga xabar berishingiz lozim. Mastercard darhol munosabat bildiradi va materiallarni olib tashlaydi yoki ta'kidlanishicha mualliflik huquqlarini buzayotgan materiallardan foydalanishni o‘chirib qo‘yadi va, xabar beruvchi tomon hamda taxmin qilinayotgan huquqbuzar o‘rtasidagi e'tirozni tartibga solish uchun DMCAda ko‘rsatilgan taomillarga rioya qiladi. DMCAga muvofiq mualliflik huquqlarining buzilishi haqidagi xabarnomani agentga quyidagi manzil bo‘yicha yo‘llash lozim: Mastercard, 2000 Buy Street, Purchase, NY 10577, Attn: Law Department yoki quyidagi elektron pochta manziliga: copyrightagent@mastercard.com.
Mualliflik huquqlari buzilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
Mastercard o‘z foydalanuvchilarini mualliflik huquqlari buzilganligi to‘g‘risida o‘z veb-saytlarida e'lonlar joylash, foydalanuvchi elektron pochtasiga xat yo‘llash yoki hisob yozuvida ko‘rsatilgan manzilga pochta orqali xat yuborish vositasida xabardor qilish mumkin.
Agar siz mualliflik huquqlari buzilishi to‘g‘risida bildirishnoma olsangiz, belgilangan agentga yozma shaklda qarshi bildirishnoma yuborishingiz mumkin. Bunday bildirishnoma quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
Sayt foydalanuvchisi o‘laroq, siz o‘z sharhlaringizni yuborishingiz mumkin, ular matnli kontent va fotosuratlar, video-, audiofayllar, tasvirlar, boshqa turdagi kontentlar va bunday kontentga havolalar (keyingi o‘rinlarda birgalikda – Foydalanuvchi materiallari)dan iborat bo‘lishi mumkin, agar bunga Sayt tomonidan ruxsat berilgan bo‘lsa.
Siz o‘z Foydalanuvchi materiallaringiz va ularning chop etilishi oqibatlari yuzasidan yakka shaxsda javobgarlikka ega bo‘lasiz.
Siz Foydalanuvchi materiali o‘zingizning asl ishingiz ekanini va siz undan foydalanish uchun kerakli litsenziyalar, huquqlar, ruxsatga ega ekaningizni tasdiqlaysiz va/yoki kafolatlaysiz hamda Mastercardga har qanday Foydalanuvchi materiallarini istalgan mashhur ommaviy axborot vositalarida, hududiy yoki vaqt cheklovlarisiz va kompensatsiyasiz foydalanishga ruxsat berasiz. Va, Saytda hamda ushbu Kelishuvda ko‘zda tutilgan tartibda Foydalanuvchi materiallarini kiritish va ulardan foydalanish uchun istalgan va barcha Foydalanuvchi materiallarida mavjud yoki aks etuvchi, shaxsni identifikatsiya qiluvchi har qanday axborot yoki tasvirni to‘plash, ulardan foydalanish va oshkor qilish uchun barcha kerakli tasdiqqa egalar.
Siz Mastercardga Foydalanuvchi materiallari sifatida chop etish va ushbu Shartlarda ko‘zda tutilgan barcha litsenziya huquqlarini taqdim etish uchun mualliflik huquqlari bilan himoyalangan, tijorat siri bo‘ladigan yoki boshqa tarzda uchinchi shaxslarning mulkiy huquqlari, jumladan shaxsiy hayot daxlsizligi va ommaviylik huquqi doirasiga kiruvchi hech qanday materialni taqdim etmaslikka (agar siz bu kabi huquqlar egasi bo‘lmasaniz yoki ularning qonuniy egasidan ruxsatga va bunday materiallarda shaxsiy axboroti mavjud istalgan shaxslardan kerakli rozilikka ega bo‘lmasangiz) rozi bo‘lasiz.
Bundan tashqari, siz o‘zingizning Foydalanuvchi materiallaringiz bilan qandaydir tarzda bog‘langan, sizning nomingizga ro‘yxatga olingan patentlar yoki ko‘rib chiqilayotgan patent olishga ariza mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishingizni kafolatlaysiz va tasdiqlaysiz.
Siz, Foydalanuvchi arizasiga zid keluvchi har qanday bayonot yoki izohlar va har qanday bog‘liq materiallarga qaramay, o‘zingiz va Mastercard o‘rtasida Foydalanuvchi arizasining sirligi yoki maxfiyligi borasida hech qanday munosabatlar yoki majburiyatlar o‘rnatilmaganligini e'tirof etasiz va bunga rozi bo‘lasiz.
Foydalanuvchi arizasini taqdim etar ekansiz, Mastercardga Foydalanuvchi materiallari (jumladan mualliflik huquqi, patent va tovar belgilari to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha) umumjahon, muddatsiz, bepul, soliqqa tortilmaydigan, to‘loq to‘langan qaytarib olinmaydigan, sublitsenziyalanadigan, boshqaga beriladigan, istisnoviy bo‘lmagan litsenziyani, jumladan tahrir qilish, o‘zgartirish va hosila asarlar yaratish, shuningdek Foydalanuvchi materiallarida mavjud har qanday konsepsiyalar yoki g‘oyalarga, jumladan siz Foydalanuvchi materiallari doirasida yaratgan hujjatlar, san'at asarlari, bayonotlar, rasmlar, chizmalar, isbotlar, namoyishlar, fotosuratlar, kadrlar, suratlar, musiqali partituralar, audio- va videoyozuvlar, disklar (bosma yoki elektron shaklda) huquqni taqdim etishingizni tushunasiz.
Mastercardga taqdim etadigan litsenziyangiz Mastercardning va uning vakolatli shaxslaringizning Foydalanuvchi materiallarini ijro etish, Foydalanuvchi materiallaridan foydalanib boshqa ishlarni tayyorlash, sizning Foydalanuvchi materiallaringizni boshqa ishlar bilan birlashtirish, shuningdek o‘zgartirish, tarjima qilish, nusxalarini tarqatish, aks ettirish, bajarish, litsenziyalash va qayta ishlangan Foydalanuvchi materiallari uchun Mastercard nomiga mualliflik huquqlarini ro‘yxatga olishga ariza taqdim etish, butun dunyo bo‘ylab, cheklanmagan muddatga hamda mavjud va kelgusida payo bo‘ladigan istalgan tashuvchilarda tashish huquqini o‘z ichiga oladi. Masalan, yuqorida ko‘rsatilgan litsenziya Mastercard va uning vakolatli shaxslariga Foydalanuvchi materiallaringizning faqat muayyan qismlaridan foydalanish, siz bergan har qanday audioyo‘lkalar yoki vizual tasvirlarni qayta yozish yoki o‘zgartirish, Foydalanuvchi materiallarini qayta yozish va/yoki yo Mastercard tomonidan yaratilgan yoki boshqa shaxslar tomonidan litsenziyalangan materiallarni sizning Foydalanuvchi materiallaringizga qo‘shish imkonini beradi. Agar biz sizning Foydalanuvchi materiallaringiz bilan boshqa materiallar yaratsak, bu materiallar Mastercardga tegishli bo‘ladi va ulardan foydalanishga sizning tasdiqlashingiz talab etilmaydi.
Foydalanuvchi materiallarni joylashtirish orqali, siz biror-bir mualliflik yoki ma'naviy huquqlarni talab qilmaslik va ular borasida e'tirozlar taqdim etmaslikka rozi bo‘lasiz. Shuningdek, siz Foydalanuvchi materiallari borasida sizning nomingizdan har qanday hujjatlarni bajarish va yetkazish huquqi bilan, Mastercardni o‘zingizning qaytarib olinmaydigan ishonchli shaxsingiz etib tayinlashga rozi bo‘lasiz, toki Mastercard sizning Foydalanuvchi materiallaringizdan o‘zi zarur deb hisoblagan tarzda foydalanish, sizning Foydalanuvchi materiallaringiz asosida yaratilgan har qanday hosila ishlarga o‘z huquqini himoya qilish, shuningdek har qanday boshqa veb-sayt yoki forumdan Foydalanuvchi materiallarini olib tashlash imkoniga ega bo‘lsin.
Mastercard so‘roviga ko‘ra, siz Mastercard tomonidan, Mastercardning o‘z ixtiyoriga ko‘ra Foydalanuvchi materiallarini ishlashtish huquqi o‘rnatilishi uchun mutlaq oqilona deb sanaladigan litsenziyani qo‘shimcha tasdiqlashni taqdim etishingiz lozim. Agar Mastercard ko‘rsatilgan litsenziya vositasini so‘ramasa, bu Mastercard huquqlaridan voz kechish sanalmaydi va Mastercard bu vositani keyinroq so‘rashi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan biz sizdan Sayt haqida, shuningdek Mastercard mahsulotlari va/yoki xizmatlari haqida o‘z fikringizni bildirishingizni so‘rashimiz mumkin. Siz taqdim etadigan yoki chop etadigan har qanday xabar yoki materiallar (a) Mastercard tomonidan maxfiy emas va xususiy mulk emas deb ko‘riladi, (b) Mastercard mulkiga aylanadi, Mastercard kelgusida ularga nisbatan barcha huquqlar, mluk huquqlari va manfaatlarga egalik qiladi va (c) Mastercard litsenziatlari va filiallari tomonidan, ularning ixtiyorlariga ko‘ra, biror-bir majburiyatlar, kompensatsiyalar yoki sizning oldingizda boshqa javobgarliklarsiz, cheklovlarsiz foydalanishi mumkin.
Bunday foydalanish har qanday, jumladan (lekin bu bilan kifoyalanmay) to‘liq yoki qisman, hozirda ma'lum yoki keyinchalik ishlab chiqiladigan istalgan tashuvchida va istalgan uslubda, Saytda ijro etilishi, ochib berilishi, taqdim etilishi, translyasiya qilinishi va chop etilishi yoki boshqa kommunikatsiya kanallarida foydalanishi mumkin.
Mastercard bunday xabarlarning har qandayiga javob berish majburiyatiga ega emas. Yuqorida aytilganlarga qaramay, Mastercard jamoatchilikdan o‘z mahsulotlari va xizmatlari (kyingi o‘rinlarda – Materiallar) bo‘yicha biror ijodiy g‘oya, taklif yoki materialni qabul qilmaslik va ko‘rib chiqmaslik siyosatiga amal qiladi. Binobarin, siz Mastercard uchun Sayt orqali yoki boshqa usulda xabar yo‘llash vositasida biror-bir Material yuborishingiz shart emas. Agar siz har holda bizga Materiallar yuborsangiz, ular darhol Mastercard mulkiga aylanadi va Mastercard ularga nisbatan barcha huquqlarga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Mastercard har qanday Materialdan, har qanday maqsadlarda, jumladan, boshqalar qatorida, mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqilishi va marketingi uchun erkin foydalanishi mumkin. Mastercard bunday Materiallardan foydalanish yoki ularning Mastercardning kelgusidagi har qanday mahsulotlari va xizmatlari bilan har qanday o‘xshashliklari yuzasidan javobgarlikka ega emas.
Tovarlar va xizmatlar xarid qilish (keyingi o‘rinlarda – Taklif)da sotuvchilar Mastercardga muayyan chegirmalar yoki boshqa afzalliklar (masalan, bepul yetkazib berish) taqdim qilishlari mumkin, ularning shartlari Saytda ochiq beriladi. Bunday Takliflar muayyan shartlar ta'siri doirasiga kiradi va oldindan ogohlantirmay, istalgan paytda o‘zgartirilishi mumkin. Mastercard bunday Takliflar borasida siz va sotuvchi o‘rtasidagi biror-bir o‘zaro munosabatlar natijasida yuzaga kelgan hech qanday zarar yoki ziyon uchun javobgarlikka ega emas. Ushbu Shartlarda bayon etilgan holatlardan tashqari, barcha masalalar, jumladan (lekin u bilan kifoyalanmay) tovarlar va xizmatlar yetkazib berilishi, qaytarib berish va kafolatlar faqat siz va sotuvchi o‘rtasida hal qilinadi. Siz Mastercard sotuvchilar, shuningdek saytda ular taqdim etadigan takliflar yuzasidan kafolat bermasligi va javobgarlikni zimmasiga olmasligini tasdiqlaysiz.
Vaqti-vaqti bilan biz sizni Mastercard bilan bog‘liq yutuqlar o‘yini haqida xabardor qilamiz. Bunday yutuqlar o‘yinining va reklamaning barchasi ularning rasmiy qoidalari, shuningdek barcha tegishli qo‘llaniladigan qonunlar va qoidalar bilan tartibga solinadi.
Saytda Saytdan mutlaqo mustaqil bo‘lgan chet kontent va boshqa veb-saytlarga havolalar ham bo‘lishi mumkin. Chet kontent va havolalar faqatgina foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun qo‘shilgan va Mastercardning tasdig‘i, ma'qullashi yoki kafolati sanalmaydi.
Bundan tashqari, Mastercard uchinchi tomonlar axborotlarining, shuningdek har qanday bog‘liq veb-sayt orqali taklif etiladigan yoki sotiladigan mahsulotlar yoki xizmatlarning aniqligi, to‘liqligi yoki ishonchliligi yuzasidan javobgarlikni zimmasiga olmaydi, siz esa uchinchi tomonlar axborotidan foydalanish uchun yakka shaxsda javobgarlikka ega bo‘lasiz. Siz va uchinchi tomon o‘rtasida tuzilgan har qanday kelishuvlar, tranzaksiyalar yoki boshqa kelishuvlar mutlaqo sizning javobgarligingiz asosida amalga oshiriladi.
Chet havola bo‘ylab o‘tishda siz Saytni tark etasiz. Boshqa veb-saytlarda siz taqdim etadigan hech qanday shaxsiy axborot Mastercard tomonidan to‘planmaydi yoki nazorat qilinmaydi, ammo ushbu veb-saytlarning maxfiylik to‘g‘risidagi bildirishnomalari yoki foydalanish shartlari ularni qamrab oladi. Iltimos, chet veb-saytlar maxfiylik qoidalari haqida qo‘shimcha axborot olish uchun chet veb-saytlar maxfiylik siyosati hamda ulardan foydalanish shartlari bilan tanishing.
MasterCard Saytga tashrif buyuradigan va unda taklif etilayotgan dasturlar va axborotni foydalanish uchun tanlayotgan barchaning maxfiyligiga rioya etishning ahamiyatini tan oladi. Mastercard Maxfiylik to‘g‘risidagi global bildirishnomasi (havola – quyida) siz dasturlarimizdan birida ro‘yxatdan o‘tgach yoki shunchaki Saytni ko‘zdan kechirganda nimalarni kutishingiz mumkinligining sharhini o‘z ichiga oladi. Muayyan mamlakatga oid Sayt sahifalarida yoki dasturda turli yoki o‘ziga xos qoidalar qo‘llanilishi mumkin. Iltimos, qo‘llaniladigan siyosatimiz bilan tanishish uchun har qanday sahifaning tagidagi havolani ko‘rib chiqing. Maxfiylik to‘g‘risidagi global bildirishnomani ko‘rish uchun bu yerni bosing.
Siz Mastercardni va uning amaliy hamkorlarini, xodimlar va affillangan shaxslarini o‘zingiz tomoningizdan ushbu Shartlar buzilishi bilan yoki Saytdan foydalanganingiz bilan bog‘liq har qanday javobgarlik, zararlar, e'tirozlar va sarf-xarajatlar, jumladan oqilona gonorarlar va advokatlarga xarajatlardan ozod qilishga rozi bo‘lasiz.
Siz Mastercardni Mastercardga nisbatan har qanday e'tiroz, sud da'volari va sizning Foydalanuvchi materiallaringizga mualliflik huquqlari yoki boshqa intellektual mulk huquqlari yoki uchinchi shaxslarning boshqa huquqlari buzilishi va/yoki boshqa har qanday, jumladan Foydalanuvchi materiallari bilan bog‘liq qonunlar yoki shartnoma majburiyatlariga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikdan ozod qilasiz.
Siz Mastercardni bevosita yoki bilvosita Foydalanuvchi materiallaridan foydalanish, tasarruf etish, ijro etish, chop etish va undan foydalanish bilan bog‘liq har qandayjavobgarlikdan va har qanday e'tirozlar, zararlar va xarajatlardan ozod qilasiz.
Mastercard Saytdagi materiallar to‘g‘riligini ta'minlash uchun aql doirasida sa'y-harakatlarni amalga oshiradi, biroq Saytda mavjud hech bir axborotning aniqligi, to‘liqligi yoki ishonchliligi uchun hech anday javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
Mastercard sayti va unda mavjud barcha axborot sizga mavjudlik shartida, “boricha” holatida taqdim etiladi va barcha – yaqqol yoki ko‘zda tutiladigan kafolatlar, jumladan har qanday, tovar holatining, intellektual mulk huquqlari buzilishi mavjud emasligining, axborot sifatining yoki alohida maqsadlar uchun yaroqli ekanligining kafolati bu bilan rad etiladi. Sayt vositasida Mastercarddan olganingiz hech bir axborot hech qanday kafolat bermaydi. Mastercard Saytning ochiqligiga, Sayt xatosiz ishlashiga, nuqsonlar to‘g‘rilanishiga yoki Sayt viruslarga ega emasligi yoki boshqa turdagi zarar yetkazmasligi bo‘yicha biror-bir kafolat taqdim etmaydi. Siz Saytdan va undagi har qanday kontentdan, jumladan (lekin bu bilan kifoyalanib qolmay) kompyuter viruslari natijasida yetkazilgan har qanday zarar uchun, o‘z shaxsiy javobgarligingiz ostida foydalanasiz.
Iltimos, e'tibor bering: ayrim yurisdiksiyalar yuqorida keltirilgan kafolatlar istisno etilishiga yo‘l qo‘ymasligi mumkin, shu sababli yuqorida keltirilgan istisnolarning ayrimlari sizga tegishli bo‘lmasligi mumkin.
Hech qanday holatda Mastercard yoki uning filiallari sizning Saytdan foydalanishingiz bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday bevosita, yondosh, qasddan, namoyishkorona, oqibat o‘laroq yoki boshqa turdagi zarar, jumladan (lekin bu bilan kifoyalanmay) mulkka zarar, foydalanish imkoniyatini yo‘qotish, ko‘rilgan ziyon, ma'lumotlarni yo‘qotish, foydani yo‘qotish, amalga oshirish shaklidan qat'i nazar, jumladan (lekin bu bilan chegaralanib qolmay) funksional xavfsizlik, bee'tiborlik va boshqa zarar keltiruvchi harakatlar yuzasidan javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Hatto Mastercard, uning biznes-hamkorlari, xodimlari, vakillari yoki ishtirokchilari bunday zarar yoki ziyod mumkinligi haqida ogohlantirgan bo‘lsalar ham.
Mastercard sizning oldingizda jumladan (lekin bu bilan kifoyalanib qolmay) bee'tiborlik oqibatida ro‘y bergan zarar, ziyon, huquqbuzarlik, kontrakt shartlarining bajarilmasligi bo‘yicha yoki boshqa holatlarda siz sarflagan xarajat uchun, agar 100$ va undan kam miqdordagi summa sarflangan bo‘lsa va Mastercard saytidagi har qanday faolliklarda qatnashish bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
Qo‘llaniladigan qonunchilik tasodifiy yoki bilvosita zarar tekazilishida javobgarlikni cheklash yoki istisno qilishga imkon bermasligi mumkin, shu sababli yuqorida keltirilgan istisnolarning ayrimlari sizga tegishli bo‘lmasligi mumkin.
Mastercard to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi tashkilot sanaladi. Mastercard moliya muassasasi emas va kredit, debet yoki boqsha turdagi to‘lov kartalari chiqarmaydi. Sizning Mastercard to‘lov kartangiz bevosita Mastercardga emas, emitent bank yoki moliya muassasasiga bog‘langan.
Sizning Mastercard to‘lov kartangiz yoki karta sohibining hisob yozuviga oid istalgan savollar va mulohazalar bilan Mastercardga emas, kartangizni chiqargan bank yoki moliya muassasasiga murojaat qilish lozim.
Mastercard alohida karta sohiblari yoki to‘lov kartalari hisoblari bilan emas, sizning emitent bankingiz yoki moliya muassasasi bilan ishlaydi.
Sayt Mastercard va uning filiallari tomonidan boshqariladi.
Ushbu shartlar faqat Nyu-York shtati (Amerika Qo‘shma Shtatlari) qonunlariga muvofiq, biror-bir kolliziya huquqi tamoyillarini qo‘llamagan holda talqin qilinishi va bajarilishi lozim.
Siz ushbu Shartlar yoki Sayt tufayli bevosita yoki bilvosita yuzaga keladigan qonun bo‘yicha yoki adolat huquqi bo‘yicha har qanday da'vo faqat federal sud yoki Nyu-Yorkda ish ko‘radigan sudga taqdim etilishi lozimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rozi bo‘lasiz.
Ushbu bilan siz Sayt bilan bog‘liq barcha harakatlar, sizning unga ulanishingiz yoki ushbu Shartlarga muvofiq undan foydalanish maqsadlarida bunday sudlar yurisdiksiyasiga, shuningdek jarayonga eksterritorial xizmat ko‘rsatilishiga rozi bo‘lasiz va bo‘ysunasiz.
Saytning kontenti va dasturiy ta'minoti AQSh eksport yurisdiksiyasiga va boshqa mamlakatlar import yurisdiksiyasiga kirishi mumkin. Siz tomoningizdan Saytdan foydalanilishi munosabati bilan siz barcha qo‘llaniladigan yurisdiksiyalardagi, jumladan (lekin bu bilan kifoyalanib qolmay) AQSh Savdo vazirligi yurisdiksiyasi, Eksport nazorati qoidalari, 15 CFR Parts 730-774, Xalqaro qurol-yaroq savdosi qoidalari, Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi amalga oshiradigan muayyan mamlakatlar uchun iqtisodiy sanksiyalar dasturlari, shuningdek boshqa har qanday mamlakatlarning eksport va import nazorati to‘g‘risidagi qonunlari va nizomlaridagi eksport, reeksport va import ustidan nazoratga oid barcha qo‘llaniladigan qonunlar va normativ aktlarga rioya etish bo‘yicha yakka shaxsda javobgarlikka ega bo‘lasiz.
Siz Saytning kontenti yoki dasturiy ta'minotini, barcha tegishli yurisdiksiyalardagi amalda qo‘llaniladigan hamma eksport va import qonunlari va qoidalarida belgilangandan tashqari, bevosita mahsulot bo‘ladimi yoki boshqa materiallarmi, mahsulotlar, dasturiy ta'minot yoki boshqa texnik axborotni bevosita yoki bilvosita ishlata, tarqata, boshqaga taqdim eta olmaysiz.
Ushbu Shartlar tashabbusi siz tomoningizdan ilgari surilmaydi. Mastercard ushbu Shartlarda bayon etilgan o‘z huquqlari va majburiyatlarini istalgan paytda boshqaga berishi mumkin. Agar ushbu Shartlardagi biror-bir qoida noqonuniy, amal qilmaydigan yoki qonuniy kuchga ega emas deb topilsa, u ushbu Shartlardan ajralgan sanaladi va istalgan boshqa qoidalarning amal qilishi va qo‘llanilishiga ta'sir ko‘rsatmasligi lozim.
Ushbu Shartlarda ko‘rsatilgan vaziyatlardan tashqari, ushbu Shartlar siz va Mastercard o‘rtasida ularning predmeti bo‘yicha to‘liq kelishuvni aks ettiradi. Ushbu Shartlar qoidalari siz Saytda ochishingiz mumkin bo‘lgan muayyan sahifalar, ilovalar, vositalar yoki boshqa materiallarda mavjud yuridik bildirishnomalar yoki talablar bilan almashtirilishi yoki to‘ldirilishi mumkin.
Mastercard tomonidan ushbu Shartlarning biror qoidalarini yoki biror-bir qo‘shimcha talablarning bajarilmasligi bunday qoidalardan yoki yoki ularni qo‘llash huquqidan voz kechish sifatida ko‘rilmasligi lozim. Ushbu Shartlar va u bilan bog‘liq har qanday hujjatlar elektron shaklda (masalan, elektron yoki boshqa usulda rozilikni tasdiqlash) qabul qilinishi mumkin va sizning roziligingiz siz va Mastercard o‘rtasida majburiy sanaladi.
Ushbu bilan siz ushbu Shartlar va u bilan bog‘liq istalgan hujjatlarning kuchga ega ekanligi yoki qo‘llanishga qobilligini muhokama qilmasligingizga cheklovlarsiz rozi bo‘lasiz.
© 2015 Mastercard. Mastercard, Priceless va Mastercard savdo belgisi Mastercard International Incorporatedning ro‘yxatga olingan savdo belgisi sanaladi. Homiy: Mastercard International Incorporated, 2000 Pyorcheyz strit, Pyorcheyz, Nyu-York 10577
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va kontakt ma'lumotlari
Bosh konsul
Mastercard International Incorporated
2000 Purchase strit,
Purchase, Nyu-York 10577
Telefon: 1-800-MASTERCARD (1-800-627-8372)