Skip to Content

Aksiya shartlari:

  • Ushbu kampaniya chet elda tegishli toifadagi savdo nuqtalari (MCC)da to‘lov qilishda, O‘zbekiston tijorat banklari chiqargan tijorat kartalaridan tashqari, barcha Mastercard kartalarini qamrab oladi.

  • Aksiya quyidagi MCClarda to‘lov qilganda amal qiladi:
  • Restoran va kafelar: 5812 – umumiy ovqatlanish joylari, restoranlar; 5814 – tez taomlanish restoranlari.

  • Taksi: 4121 – limuzinlar va taksi.

  • Keshbek quyidagi miqdorda hisoblanadi:
  • 5% – restoranlar va kafelarda. Bitta karta uchun keshbekning maksimal summasi – bitta amaliyot uchun 35 000 so‘m, lekin bir kalendar oy uchun bitta kartaga ko‘pi bilan 500 000 so‘mgacha.

  • 10% – chet elda taksi xizmat haqini to‘lash uchun. Bitta karta uchun keshbekning maksimal summasi – bitta amaliyot uchun 35 000 so‘m, lekin bir kalendar oy uchun bitta kartaga ko‘pi bilan 250 000 so‘mgacha

  • Keshbek so‘mda yoki, bank tomonidan BINlarida belgilangan karta sohiblari bilan hisob-kitob valyutasiga (Cardholder Billing Currency) qarab, ekvivalentda AQSh dollari yoxud yevroda hisoblanadi.

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan to‘lovlar ushbu aksiya doirasidagi keshbekka kiritilmaydi. Aksiya faqat chet eldagi restoranlar, kafe va taksidagi to‘lovlarni qamrab oladi.

  • Aksiya qatnashuvchi kartalar sohiblari 01.102024 dan 31.12.2024 gacha (uzaytirilishi mumkin) amalga oshirgan amaliyotlarga nisbatan, amaliyot karta hisobidan qachon yechib olinishidan qat'i nazar amal qiladi. Keshbek hisoblanishi amaliyot karta hisobidan yechib olingandan keyin, tranzaksiya amalga oshirilgan paytdan boshlab 3-14 kunda sodir bo‘ladi. Umumiy byudjet saraflab bo‘linsa, aksiya muddatidan oldin tugashi mumkin, bu haqda qo‘shimcha xabar beriladi.

  • Aksiya istalgan valyutada, ham jismoniy kartalar (card present), ham mobil ilovalarda karta rekvizitlaridan foydalanib (card not present) amalga oshirilgan to‘lovlarda amal qiladi.

 

Muhim!

Aksiya bo‘yicha mablag‘lar bankingiz tomonidan Mastercard topshirig‘iga ko‘ra hisoblanadi. Qoidalar va shartlar to‘g‘risida batafsil axborot olish uchun, iltimos, kartangizni chiqargan bank bilan bog‘laning.