Siz o‘z kompaniyangiz ehtiyojiga mos kartani osongina tanlashingiz mumkin. Mastercard biznes-kartasini rasmiylashtirib, siz biznesning eng turli-tuman jihatlarini boshqara olasiz. Mastercard biznes-kartalari egalari karta bo‘yicha amaliyotlarning butun spektridan foydalanishlari mumkin: hisobdan naqd pul yechib olish va kiritishdan tortib internetda hamda savdo-servis korxonalaridagi xaridlar, shuningdek kartadan kartaga pul o‘tkazmalarigacha.